UCHRASHUVDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH TARGʻIB QILINDI
Yunusobod tumanida Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1 sonli "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi" qarori ijrosini ta’minlash maqsadida izchil tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, "Sobirobod" MFYda joylashgan B.Jalolov nomli sport maktabida o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida yomon illatlar, giyohvandlik va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanishi hamda iste’moli, ularning salbiy oqibatlari bo‘yicha tushunchalar va tavsiyalar berildi.
Uchrashuvda, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlarga giyohvand moddalarning salbiy ta’siri, ularning jinoyatchilikka olib kelishi va shaxsning salomatligiga keltirishi mumkin bo‘lgan xavflar haqida batafsil ma’lumot berildi.
O'zbekcha
Русский
English