“Uch avlod uchrashuvi – ibrat maktabi"
Toshkent shahar “Nuroniy” jamg‘armasi, Tuman “Nuroniy” kengashi, tuman madaniyat bo‘limi hamda tuman axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Uch avlod uchrashuvi – ibrat maktabi" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Toshkent shahar “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, senator R.Kalonov, Yunusobod tumani nuroniylari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Tadbirda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, inson qadrini yuksaltirish, xalq farovonligini ta’minlash, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilayotgani haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, dabdabali to‘y va marosimlarni ixcham va namunaviy shaklda o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbirda tuman madaniyat bo‘limining sozanda va xonandalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar yangradi.
Uchrashuv so‘ngida faol qatnashchilarga “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O'zbekcha
Русский
English