"Uch avlod uchrashuvi – ajdodlar merosiga munosib avlod bo‘laylik"
Yunusobod tumanida joylashgan 63-umumta’lim maktabida tuman "Nuroniy" kengashi hamda hamkor tashkilotlar bilan "Uch avlod uchrashuvi" doirasida "Ajdodlar merosiga munosib avlod" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda "Shahriston", "Otchopar-1", "Husnobod" va "Gʻayratiy" mahallalaridagi "Keksalar maslahati" guruhi a’zolari, mahalla faollari, maktab o‘qituvchilari hamda boy hayotiy tajribaga ega mehmonlar taklif qilindi.
Tadbirda jinoyatchilikning oldini olish, oilani mustahkamlash, ma’naviy va ruhiy muhitni yaxshilash, ota-ona hamda ustozlarga hurmat ko‘rsatish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, kasb-hunar o‘rganish, kitob o‘qish kabi muhim masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, internetdagi zararli o‘yinlarning salbiy oqibatlari haqida aniq misollar keltirilib, yoshlarga tegishli tavsiyalar berildi.
Tuman "Madaniyat" bo‘limi san’atkorlari tomonidan jonli ijroda kuy va qo‘shiqlar kuylab, tadbir ishtirokchilariga iliq kayfiyat ulashdilar.
O'zbekcha
Русский
English