"Uch avlod uchrashuvi"
Yunusobod tumani "Mingchinor" mahalla hududidagi 235-sonli umumta’lim maktabi faollar zalida "Uch avlod uchrashuvi" tamoyilida "Ajdodlar merosiga munosib avlod" goyasi ostida "Ikki buyuk siymo" mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Mazkur uch avlodlar uchrashuvida O‘zLiDeP Yunusobod tumani kengashi raisi, Xalq deputatlari Yunusobod tumani kengashi deputati, “Nuroniy” jamg‘armasi Yunusobod tumani bo‘limi raisi I.Ashrapova, Tuman madaniyat bo‘limi san’atkor xonandalari, Tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari K.Miraminova, Tuman axborot kutubxona markazi direktori Z.Karimova, “Mingchinor” mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi, Mehnat faxriysi X.Fozilova, Tuman "Nuroniy" jamoatchilik kengashi a’zosi, Mehnat faxriysi M.Mirjalolov, 235-sonli umumta’lim maktabi direktori, Xalq ta’limi a’lochisi M.Sulaymonova, Mehnat faxriysi, Xalq ta’limi a’lochisi J.Saydaliyeva, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari, “Mingchinor”, “Nurmakon”, “Barhayot” mahallasi Keksalar maslaxat guruhi a’zolari, mahalla faollari, yoshlari ishtirok etdi.
Maktab o‘quvchilari tomonidan badiiy chiqishlar va tuman madaniyat bo‘limi jamoalari tomonidan g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy va buyuk sarkarda, ijodkor va mutafakkir Zahiriddin Muxammad Bobur ijodiga bo‘lgan muhabbat va ehtiromni ijodiy chiqishlari bilan namoyish etdi.
Nuroniylar o‘quvchi yoshlarga ajdodlarning muqaddas merosi ularning kelajagini to‘ldirib yoritib turgan mash’al ekanligi haqida so‘zlab o‘tdilar.
Tadbir yoshlarning qalbida Ona Vatanga sadoqatli fidoiy bo‘lishlarida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
O'zbekcha
Русский
English