UCH AVLOD UCHRASHUVI
Yunusobod tumani hududida joylashgan "Nuroniy" sanatoriyasida Toshkent shahar "Nuroniy" jamg‘armasi tashabbusi bilan "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, Toshkent shahar "Nuroniy" jamg‘armasi raisi R.Kalonov hamda nuroniylar ishtirok etdi. Tadbirda mamlakatimizda keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini oshirish, ular¬ga hurmat-e’tibor va mehr-oqibat ko‘rsatish, salomatligini asrash, turmush sharoitini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so‘z bordi.
Yunusobod tumani hokimi B. Abduvaliyev, Toshkent shahar "Nuroniy" jamg‘armasi raisi R.Kalonov, ."Nuroniy" sanatoriyasi rahbari Badriddin Kamalovlar so‘zga chiqib, jamiyatimizdagi qator ijtimoiy va maishiy muammolarni bartaraf etishda nuroniylarning bilim va boy hayo¬tiy tajribasidan samarali foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanib borayotganligini e’tirof etdi.
O‘zaro suhbat va muloqotlarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani bot-bot ta’kidlandi. Yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi. El-yurt ravnaqi yo‘lida mamlakatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz o‘rtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi.
Toshkent shahar "Nuroniy" jamg‘armasi qoshida ochilgan san’at ustalari tomonidan kuy va qo‘shiqlar jonli ijroda namoyish etildi. Tadbir yakunida Toshkent shahar "Nuroniy" jamg‘armasi tomonidan ehson dasturxoni yozildi. Sihatgohda davolanayotgan barcha Nuroniylar bir piyola choy ustida dildan suhbatlashib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, vatanimiz ravnaqini tilab duo qildilar.
O'zbekcha
Русский
English