UCH AVLOD UCHRASHI: Ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi
Yunusobod tumanidagi 240-maktab faollar zalida "Uch avlod uchrashuvi" ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir "Nuroniy" kengashi va tuman madaniyat bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda tuman buvijonlar maktabi rahbari Z.Xamidova, mehnat faxriylari O.Nishonaliyeva va M.Qilicheva, afg‘on urushi qatnashchisi A.Zununov, mahalla raislari va maktab o‘qituvchi-o‘quvchilari ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar ma’naviy dunyoqarashini boyitish, vatanparvarlik va milliy qadriyatlarni yosh avlodga singdirish, avlodlar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash va ularning ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdir. Bunda, nuroniylar o‘zlarining hayot tajribasi va g‘oyalari bilan yoshlarni vatanga sadoqatli bo‘lishga, uning taraqqiyotiga hissa qo‘shishga undashdi.
Yoshlar esa sport, fan, san’at va ma’naviy ta’limdagi erishgan yutuqlari haqida so‘zlab, o‘zlarining ilg‘or fikrlari va yoshlarga motivatsiya berishga harakat qilishdi. Ular o‘zlari olib borgan tadbirlar, hududdagi ijtimoiy faoliyatlar va fanlar bo‘yicha amalga oshirgan loyihalar haqida gapirib, tengdoshlarini ezgu maqsadlar, ya’ni yoshlarga muvaffaqiyatga intilish, umumiy jamiyat uchun foydali bo‘lishga da’vat etdi.
Tadbirning eng muhim qismlaridan biri, albatta, konsert dasturi bo‘ldi. Bunda maktab o‘quvchilari turli musiqa va adabiyot san’atidagi ijodiy chiqishlari bilan ishtirok etdi. Konsert dasturi yoshlarning istiqbolga bo‘lgan umidini qo‘zg‘atib, ularning ichki dunyolarini boyitdi va o‘zlariga bo‘lgan ishonchni oshirdi. Tadbir, shuningdek, nuroniylar tomonidan olib borilgan ma’rifiy muhokamalar, motivasion nutqlar va ijodiy muloqotlar bilan yanada mazmunli va ta’sirchan bo‘ldi.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular yoshlarning ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishini rag‘batlantirish, ularning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirishga xizmat qiladi.
Tadbirda qatnashgan barcha ishtirokchilarga yoshlarning kelajagiga qo‘shgan hissalari uchun minnatdorlik bildirildi va bunday tadbirlarni har yili tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Vatanning kelajagi yoshlarda ekan, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash va ko‘maklashishdagi mas’uliyatimizni yanada kuchaytirish zarur.