UCH AVLOD UCHRASHDI
Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar "Nuroniy" jamg‘armasi tashabbusi bilan "Tabassum" to‘yxonasida "3- dekabr Xalqaro nogironlar kuni" va 8-dekabr Konstitsiya kuni munosabati bilan "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda ikkinchi jahon urushi davrida front ortida mehnat qilgan faxriylar, afg‘on urushi qatnashchilari, nogironligi bor mehnat faxriylari ishtirok etdi.
Tadbirni Senator, Toshkent shahar "Nuroniy" jamg‘armasi raisi R.Kalonov ochib berib, konstitutsiyamizning hayotimizdagi o‘rni muhim ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi. R.Kalanov, barchani bayram bilan muborakbod etib, Yurtboshimiz tomonidan nogironligi bo‘lganlarga yaratilayotgan sharoitlari, huquq va manfaatlari ta’minlanayotganligini e’tirof etdi.
Uchrashuvda Yunusobod tumanidan bir guruh afg‘on urushi qatnashchilari, front ortida mehnat qilgan faxriylari, nogironligi bor mehnat faxriylari va yoshlar o‘zaro suhbat qildi.
Tadbirda Toshkent shahar "Nuroniy" jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Balli Nuroniylar" ansambli o‘z kuy va qo‘shiqlari bilan ishtirokchilarni ko‘nglini xushnud ayladi.
Taklif etilgan keksa avlod vakillari ushbu uchrashuvni tashkil etgan tashkilotchilarga o‘zi minnatdorchiligini bildirib, duolar qildi.
O'zbekcha
Русский
English