Turkiston mahallasida suv qochirish tarmoqlari o‘rganildi
01.01.2026
/
40
Yunusobod tumani hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev "Turkiston" MFY hududida yog‘ingarchilik mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida suv qochirish tarmoqlari faoliyatini joyida o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan mahallada yomg‘ir va qor suvlarini tezkor tarzda chiqarish hamda suv to‘planishining oldini olish uchun zamonaviy nasos qurilmasi o‘rnatilgani haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Tuman hokimi tomonidan mazkur qurilmaning samarali ishlashini doimiy nazoratga olish, suv qochirish tarmoqlarini o‘z vaqtida tozalash va texnik holatini yaxshilab borish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
O'zbekcha
Русский
English