TRANSPORT VOSITALARINING XAVFSIZ HARAKATLANISHI TA’MINLANDI

08.12.2024 / 170

Bugun tungi soat 01:00da yoqqan qor Yunusobod tumanidagi markaziy va shox ko‘chalarni qor bilan qopladi. Mana shu vaziyatda Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev  nazoratni qo‘lga olib, hokim o‘rinbosarlari hamda mutasaddilarni muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida 28 ta markaziy ko‘chaga biriktirdi. Buning uchun  maxsus tuz sepuvchi texnikalar,  samasval, og‘ir yuk ko‘taruvchi transport vositasi hamda 50 nafar ishchi xodimlar jalb qilindi.

Zahiraga olingan tuz va qum maxsus texnika yordamida sepilib, markaziy yo‘llarda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi ta’minlandi.

Bundan tashqari  ko‘p qavatli uylar atrofi, piyodalar yo‘lagi, ichki yo‘llar, ijtimoiy ob’yektlar, bozorlar hududi hamda aholi gavjum joylar muzlamalardan tozalanmoqda.

Powered by GSpeech