Toshkent shahrida sport sinovlarini topshirish jarayoni qizg‘in davom etmoqda

29.04.2025 / 129

Xabaringiz bor Toshkent shahrida sport sinovlarini topshirish jarayoni qizg‘in davom etmoqda.

 Kecha Yunusobod tumanida joylashgan 86-umummata’lim maktabi o‘quvchilaridan “Jismoniy tayyorgarlik” ixtiyoriy talab bo‘yicha sport sinovlari qabul qilindi.

 Tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov va tegishli mutasadlar ishtirok etdi.

 Bugungi kunda ushbu maktabda 1911 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda va ularning 1577 nafari my.sport.uz elektron platformasi orqali ixtiyoriy talab bo‘yicha sport sinovlarini topshirishga ariza topshirishgan bo‘lib, ular sportning
- 10 metrga slalom yugurish;
- 3 metrga klassik o‘yinida borib qaytish;
- chiziq bo‘ylab sakrash;
- 3-10 metr moksimon yugurish;
- kurakda yotgan holda oyoqlarni juftlashtirib gavdani yuqoriga ko‘tarish turi bo‘yicha sport sinovlarini topshirdi.

 Shuningdek, Sport vaziri maktabda o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlashib, ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarini o‘rgandi.

Powered by GSpeech