Toshkent gullari bayrami davom etmoqda!

03.05.2025 / 156

Toshkent shahrida bahorning go‘zal ifodasiga aylangan an’anaviy «Gullar festivali» qizg‘in ruhda o‘tmoqda. Yunusobod tumanida Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldida joylashgan maydonda tashkil etilgan mazkur festival poytaxt ahli va mehmonlar uchun haqiqiy bahoriy kayfiyat bag‘ishlamoqda.

Festival doirasida hududni bezash uchun 2,5 milliondan ortiq turli xil gul va dekorativ gullar va noyob landshaft kompozitsiyalari, 10 mingga yaqin turli manzarali daraxt va butalar bilan bezatilgan.Unikal dizaynda yaratilgan osma gullar, gul tunnellari va san’at asarlari sifatida keng foydalanilgan.

Festival maydonida mehmonlar uchun maxsus tashkil etilgan foto-zonalar, gulli yo‘laklar va mavzuli kompozitsiyalar sayr qiluvchilarga estalikka go‘zal lavhalar hadya etmoqda. Shuningdek, tadbir doirasida konsert dasturlari, badiiy chiqishlar va gullarga bag‘ishlangan ijodiy ko‘rgazmalar ham tashkil etilmoqda.

Powered by GSpeech