"Tiklanish" MFYda aholi muammolari bartaraf qilindi
Bugun kun davomida Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, Yunusobod tumani hokimligi mas’ullari bilan "Tiklanish" MFYda mahalla yettiligi faoliyati hamda mavjud muammolar o‘rganildi. Dastlab, mahalla yettiligi hamda fuqarolar bilan muloqot qilindi.
Shu bilan birga mahalla aholisi murojaatlari asosida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi. Ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Shu paytning o‘zida aholi roziligini ta’minlash va mahalla infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan amaliy ishlar boshlab yuborildi. Jumladan, mahalladagi yashovchilar uchun 1,5 km yangi oqova suv tarmog‘ini tortish ishlari yakuniga yetkazildi. Bundan tashqari 1,2 km bo‘lgan, eni 9 m avtomobil va piyodalar yo‘lagini qurish ishlari ham boshlandi. Bu ishlar aholining kundalik turmush sharoitini yaxshilash, qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratishga xizmat qiladi.
O'zbekcha
Русский
English