Tiklanish mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi

15.04.2025 / 204

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich Tiklanish mahallasida bo‘ldi. U aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, aholining murojaatlari va ehtiyojlari tinglab, bandlik masalalari bo‘yicha fuqarolarning takliflarini o‘rgandi.

Uchrashuvda, deputat Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich, aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarga alohida e’tibor qaratib, bu masalalarni hal qilish bo‘yicha bir qator amaliy tadbirlar ko‘rishni belgiladi. U bandlikni oshirish maqsadida mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratish, ayniqsa yoshlar va ayollarni ishga joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar berishdi. Shuningdek, aholini tegishli jamoat xo‘jaligi ishlariga jalb qilish, mahallani ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada faollashtirish muhimligini ta’kidladi.

Mahalla aholisining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan a’zolariga tibbiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan og‘ir bemorlar uchun medik xizmatlarni yaqinda tashkil qilish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi. Muammolarni zudlik bilan hal etish maqsadida mahalladagi axborot taratuvini faollashtirish va aholiga joriy qilinayotgan davlat dasturlari haqida ko‘proq ma’lumot berish ishlarini samarali olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv so‘nggida, deputat aholiga o‘z vaqtida murojaat qilish, ularning ehtiyojlariga munosabat bildirish va muammolarni hal qilishga doimiy ravishda e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

Deputat mahallada ko‘kalamzorlashtirish ishlari holati bilan tanishib, manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha tavsiyalarini berdi. Shuningdek,mahalladagi og‘ir ahvoldagi bir necha xonadonlarga kirib, bemorlar holidan xabar oldi.

Powered by GSpeech