Tiklanish mahallasi o‘rganildi

27.04.2025 / 45

   Respublika ishchi guruhi va Yunusobod tumani hokimligi vakillari Tiklanish mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi. Dastlab, mahalla yettiligi bilan uchrashib, hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar belgilab olindi. So‘ng, mahallada piyoda yurib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

  Ishchi guruh mahalla yo‘laklarida ekilgan gullar, rayhon va daraxt ko‘chatlari ekilganlining guvohi bo‘ldi. Mas’ullarga har bir ko‘chada gullar sonini yanada ko‘paytirish va yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

  Bundan tashqari, har bir fuqaroga o‘z mahallasining obodligi uchun mas’ul ekanligi, o‘z uyi atrofini obod va toza saqlash, gul ko‘chatlari ekish zarurligi tushuntirish kerakligi ta’kidlandi. Shuningdek, mahallaning infratuzilmasini yaxshilash, yoshlar uchun shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik va bandlik sohalarida taklif va ko‘rsatmalar berildi.

Powered by GSpeech