TIBBIYOT XODIMLARI KUNI NISHONLANDI

09.11.2024 / 167

  Yunusobod tumani hokimligi, tuman Madaniyat bo‘limi, tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi bilan hamkorlikda "GRAND HALL" restoranida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilindi. Unda tuman hokimi Bohadir Abduvaliyev, ishtirok etib, hokimlik nomidan tuman tibbiyot birlashmasi xodimlarini kasb bayramlari bilan tabrikladi.

  Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar xususida to‘xtalib, shifokorlik kasbi eng mas’uliyatli va mashaqqatli kasb ekanligi, ayniqsa, butun dunyoda kechayotgan hozirgi og‘ir pandemiya sharoitida tibbiyot fidoyilari haqiqiy qahramonlik ko‘rsatayotganini alohida ta’kidladilar.

  Tadbirda inson salomatligi uchun mas’ul, hayotimiz mazmunli va bardavom bo‘lishi uchun jon kuydirayotgan, o‘zini qo‘yib, boshqalarga hayot baxshida qilishga qasam ichgan va fidoyi bir guruh tibbiyot xodimlari tuman hokimligi tomonidan munosib rag‘batlantirildi. Namunali tibbiyot xodimlari faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 Fursatdan foydalanib barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz.

Powered by GSpeech