TIBBIYOT SOHASI O‘RGANILDI
18.10.2024
/
180
Prezident Administratsiyasi vakili, Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari U.T.Mamarajabov, Yunusobod tuman prokurori Ya.A.Abdurahmonov tomonidan “Qadrdon” mahallasidagi “Zdorovыye deti” xususiy klinikasining faoliyati bilan tanishildi. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, klinika binosining kuz-qish mavsumini talofatsiz o‘tkazish borasida mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 330-sonli Qarori ijrosi yuzasidan biriktirilgan oilalarning 35 nafar voyaga yetmagan farzandlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
O'zbekcha
Русский
English