TIBBIY MADANIYATNI SHAKLLASHTIRISH TARGʻIB QILINMOQDA
Yunusobod tumani 53-Oilaviy Poliklinikada talaba qizlarga "Ayol salomatligi" va "Ayollar o‘rtasida tibbiy madaniyat" mavzusida amaliyot hamshiralari va patronaj hamshiralari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi. O‘tkazilgan suhbatlar va treninglarda ayollar va qizlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, ayol salomatligini saqlash bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.
Tadbirda oilada farzand ko‘rish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ahamiyati haqida batafsil tushuntirildi. Ayollarning sog‘lig‘ini himoya qilish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, ovqatlanish, jismoniy faollik, psixoemosional holat va tibbiy tekshiruvlar haqidagi batafsil fikr almashildi.
Suhbatda ayollarga o‘z salomatliklariga e’tibor berish, o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tib turish haqida tavsiyalar berildi.
O'zbekcha
Русский
English