TIBBIY KO‘RIK
18.09.2024
/
209
Yunusobod tumani 49-Oilaviy poliklinika hududidagi "Otchopar1" mahallasida tibbiy ko‘rik hamda qabul o‘tkazildi.
Tadbirda poliklinika bosh shifokori Z.K.Xaytalieva va bosh shifokor muovini M.R.Xusanova aholi muammolarini o‘rgandi. Qabulda 3 ta murojaat bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi. 2 nafar fuqaroga markaziy shifoxonalarda davolanish uchun order berildi. Shuningdek, 12 nafar fuqaroga bepul dori-darmon berildi. Qabul mobaynida shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rik ham utkazildi. Unda tor soha mutaxasislari fuqarolarni, EKG, Laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazildi.
Mutaxassislar tomonidan kasalliklarni davolash va salomatlikka eʼtibor qaratish yuzasidan zarur tibbiy tavsiyalar berildi.
O'zbekcha
Русский
English