TAYNLOV
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025 yil 30 avgustdagi shaxsiy tarkib bo‘yicha 105-sonli buyrug‘iga asosan, polkovnik Vafoyev Mahkam Mirjonovich, Yunusobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Polkovnik Vafoyev Mahkam Mirjonovich 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003 yili Respublika IIV Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabini muvaffaqiyatli tamomlagan. U o‘z xizmat faoliyatini ichki ishlar tizimida boshlab, 2012 yildan 2024 yillarda Toshkent shahar IIBB tizimida turli rahbarlik lavozimlarida mehnat qilib kelmoqda.
U 2020 yil 28 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6056-sonli Farmoni bilan “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Muqaddam, Yunusobod tumani IIO FMB boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Saydazimov Muzaffar Maxamatgaziyevich, Toshkent shahar IIB Tezkor qidiruv xizmati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
O'zbekcha
Русский
English