TА'LIM TIZIMIDАGI HOLАT O‘RGАNILDI

31.10.2024 / 181

Toshkent shahar prokurori E.T.Yuldashev, Yunusobod tumani hokimi B.Аbduvaliev, tuman prokurori Ya.Аbdurahmonovlar taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, qish mavsumiga tayyorgarlik ahvolini o‘rgandi. Xususan, tumandagi 259-sonli umumtaʼlim maktabi binosini, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechildi.
O‘rganishlar chog‘ida umumtaʼlim maktabida kuz-qish mavsumida kommunal xizmatlar xavfsiz va uzliksiz yetkazib berilishini taʼminlashga eʼtibor qaratilib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, binoning meʼmoriy qiyofasini tartibga keltirish, maktab hududini obodonlashtirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Muloqotda o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish borasida masʼullarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari, aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir qiluvchi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Powered by GSpeech