TA’LIM TASHKILOTIDA QISH MAVSUMIGA TAYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

09.12.2024 / 183

Yunusobod tuman prokurori Ya.A.Abdurahmonov, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputatlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan sektor hududida ijtimoiy obe’ktlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar chog‘ida 2-sektor hududidagi bir necha yillardan buyon qurilish ishlari to‘xtab qolganligi sababli faoliyat ko‘rsatmagan 47-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini ko‘zdan kechirildi. Mazkur ta’lim tashkiloti rahbarining tashabbusi bilan zamon talablari asosida kapital ta’mirlanib foydalanishga topshirilgan.

O‘rganishlar chog‘ida MTT da qish mavsumida issiqlikni belgilangan me’yor yetkazish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bolajonlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish borasida mas’ullarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Powered by GSpeech