TA'LIM TASHKILOTI O‘RGANILDI

24.10.2024 / 220

Prezident Administratsiyasi vakili, Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari U.T.Mamarajabov, Yunusobod tuman prokurori Ya.A.Abdurahmonov mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda tumandagi 501-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini o‘rgandi.

O‘rganish chog‘ida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, binoning me’moriy qiyofasini tartibga keltirish, ta’lim tashkiloti hududini obodonlashtirish va o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish borasida mas’ullarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Powered by GSpeech