Ta'lim sifati o‘rganildi

24.12.2024 / 140

Ma’lumki, 2025 yilda o‘tkaziladigan xalqaro PISA tadqiqotlarida Toshkent shahri alohida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi Ulug‘bek Toshkenboyev rahbarligidagi Ishchi guruh tomonidan Toshkent shahridagi ta’lim muassasalaridagi ta’lim sifati, pedagoglarning malakasini oshirish hamda xalqaro PISA 2025 tadqiqotlariga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilmoqda.

Jumladan, Ishchi guruhi Yunusobod tumanidagi 97- va 220-sonli umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini ta’minlash, pedagoglar salohiyatini oshirish, ularning xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida qilingan ishlar bilan tanishdi.

Powered by GSpeech