Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini nazorat qilishga vakolatli organlar va ularning nazorat sohalari ro‘yxati tasdiqlangan.

25.11.2024 / 153

Tadbirkorlarni faqatgina ro‘yxatdagi 43 ta organ ko‘rsatilgan nazorat sohalari bo‘yicha tekshira oladi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.11.2024 yildagi PF-184-son Farmoni 2-bandiga ko‘ra, Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini nazorat qilishga vakolatli organlar va ularning nazorat sohalari ro‘yxati tasdiqlangan.

Bunda ushbu ro‘yxatga kiritilmagan organlar hamda tashkilotlar tomonidan hamda nazorat sohasida nazarda tutilmagan masalalar bo‘yicha tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida nazorat tadbirlarini o‘tkazish taqiqlanadi.

Powered by GSpeech