Tadbirkorlarlik faoliyati rivojlanmoqda
Bugungi kunda yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan global iqtisodiy jarayonlar fonida mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, kichik va o‘rta biznes uchun qulay muhit yaratish hamda jahon bozoriga integratsiyani jadallashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga iqtisodiy va moliyaviy yengilliklar yaratish borasida soliq tizimida bir qator qulayliklar joriy etildi.
Shu maqsadda Yunusota MFYga biriktirilgan soliq inspektori bilan birgalikda hokim yordamchisi Jahongir Saidahmedov tadbirkorlar faoliyati bilan tanishib, ularning muammolarini o‘rganilib va hal etmoqda.
Norasmiy bandlikni qisqartirish yo‘nalishida ham samarali ishlar olib borilmoqda. Mahalladagi 6 nafar norasmiy ishchilar rasmiylashtirildi va jarayon davom etmoqda. Bu esa fuqarolarning mehnat huquqlarini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.
O'zbekcha
Русский
English