Hokim yordamchisi faoliyatidan

23.02.2025 / 168

Yunusota mahallasi hokim yordamchisi Jahongir Saidahmedov profilaktika inspektori bilan birgalikda tadbirkorlarning taklif va muammolarini o‘rganmoqda. Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatiga to‘siqlarni bartaraf etish, takliflarni inobatga olish va zarur shart-sharoitlarni yaratish mutasaddilar oldidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi, – dedi hokim yordamchisi.

 Jahongir Saidahmedov mahallada joylashgan tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish, ularni mahallada hal etish va istiqbolli g‘oya hamda takliflarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ish olib bormoqda. Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarini kengaytirish va mahallada yangi ish o‘rinlari yaratish zarurligi ta’kidlandi.

 Hokim yordamchisi tomonidan mahallada ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolarni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqildi.

Powered by GSpeech