TABRIK

28.01.2025 / 147

Bugun taniqli huquqshunos, O‘zbekiston Sudyalari Assosiatsiyasi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Ubaydulla Qurbonovich Mingboyevning tavallud kuni. Inson o‘z mehnati, jasorati va halollik fazilatlari bilan elda aziz va e’tiborli bo‘ladi.

Mehnat bilan insoniylikning yuksak qiymati ochiladi, u orqali odamlar orasida hurmat qozoniladi. Ubaydulla Qurbonovich hayotining katta qismini sud-huquq sohasida halollik va fidoiylikda qilgan mehnati hamda jamiyat uchun beqiyos xizmatini ayamagan inson sifatida qadrlanadi. U kishi mazkur tizimda salkam 60 yildan buyon uzluksiz faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Uning adolatparvarligi, mehnatsevarligi va insonparvarlik fazilatlari ko‘plab insonlarga ibrat bo‘lmoqda. Shuning uchun u hamisha elning ko‘nglida aziz bo‘lib kelmoqda.

O‘z kasbiga cheksiz mehr-sadoqati tufayli uning yuzlab, minglab shogirdlari hozirgi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida turli sohalarda mehnat qilib kelmoqdalar. Ubaydulla Qurbonovichning ko‘p yillik samarali mehnatlari jamiyatimiz va Davlatimiz tomonidan munosib e’tirof etilib, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, “Jasorat” medali bilan taqdirlangan. Kuni kecha esa O‘zbekiston Sudyalari Assosiatsiyasi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist Ubaydulla Qurbonovich Mingboyevga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni berildi. Ubaydulla Qurbonovichning yillar davomida to‘plagan tajribasi, hayotiy donoligi va xayrli ishlari barchamizga ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Ubaydulla Qurbonovichni 90 yoshi bilan muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, yana ko‘p yillar el-yurt ardog‘ida yosh avlod uchun ibrat bo‘lib, uzoq yillar ustozlikda o‘rnak bo‘lib yurishlarini tilaymiz. Har bir kuni nurli, fayzli va shodliklarga to‘la bo‘lsin!

  • Hurmat ila,
  • Boxadir Abdulxayevich Abduvaliyev
  • Yunusobod tumani hokimi
Powered by GSpeech