Suv — hayot manbai: Yunusobodda suv ta’minot tizimini yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda

17.10.2025 / 58

Yunusobod tumani aholisi, tashkilot hamda korxonalarni uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash, oqova suv xizmatlarini ko‘rsatish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.Tumanda 96 669 nafar ichimlik suvi iste’molchisi mavjud. Tumanda 542,1 km uzunlikda ichimlik suvi quvurlari, 1 566 ta suv gidranti va 38 ta nasos uskunalari mavjud.
Xususan 1,9 km uzunlikdagi eski suv quvurlari zamonaviy, xavfsiz va energiya tejamkor materiallardan tayyorlangan yangi quvurlarga almashtirilgan. 5 ta suv gidranti yangisiga almashtirigan. 57 595 p.m. (pogon metr) oqava suv quvurlari profilaktikadan o‘tkazilib, tizimdagi tiqilish va nosozliklarning oldi olindi. Shuningdek, 0,5 km uzunlikdagi oqava suv quvurlarida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Natijasida tumanda suv ta’minoti tizimining barqaror ishlashi ta’minlanib, suv yo‘qotish holatlari keskin kamaydi.

Powered by GSpeech