So‘z mulki sultoni va ajdodlar merosi
Yunusobod tuman Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi 22-son Madaniyat markazida buyuk mutafakkir, so‘z san’atining sultoni Alisher Navoiyning 584 yilligi hamda davlat arbobi, shoir va tarixnavis Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda "Armug‘on" ashula va raqs ansambli o‘zlarining rang-barang ijrolari bilan yig‘ilganlarga katta zavq ulashdi. "Chin-Sen" koreys xor vokal ansamblining mukammal ijrosi tadbirga o‘ziga xos fayz bag‘ishladi. Sharq musiqa an’analarining ajralmas qismi bo‘lgan "Al-Aziz" karnay-surnay badiiy jamoasining dilnavoz kuylari esa yig‘ilganlar qalbida chuqur taassurot qoldirdi.
Ushbu tadbirda so‘z mulkining namoyandalari Navoiy va Bobur merosining bebaho ahamiyati yana bir bor yodga olindi.Bu kabi tadbirlar ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni targ‘ib etish va kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O'zbekcha
Русский
English