Sovg‘a uchun mo‘ljallangan shirinliklar sanitar talablar asosida tekshirildi

19.12.2025 / 24

Yunusobod tumani sanitariya epidemiyalogiya qo‘mitasi xodimlari tomonidan Yunusobod dehqon bozori hududida Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan yarmarkada nazorat-o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

О‘rganishlar davomida, ayniqsa, aholiga sovg‘a sifatida taklif etilayotgan shirinlik mahsulotlarining ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari hamda qadoqlanish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahsulotlarning sanitar-gigiyenik talablarga muvofiqligi, ishlab chiqaruvchi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi va belgilangan qoidalarga rioya etilishi tekshirildi.

Nazorat tadbirlari davomida ayrim savdo nuqtalarida mahsulotlarni joylashtirish va saqlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, savdo xodimlariga amaldagi sanitar qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Powered by GSpeech