“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tantanali nishonlanmoqda
Bugun Yunusobod tumanidagi umumta’lim maktablarida yangi hayot sari yo‘l olgan bitiruvchilar uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari yangradi. Ushbu ulug‘vor tadbirlar maktab hayotining yopilishi bilan birga, yoshlarimizning katta hayotga odim tashlashlarini ifodalovchi mas’uliyatli va unutilmas lahzalarga aylanmoqda.
Yunusobod tumanidagi 97-sonli umumta’lim maktabida ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman prokurori Yahyo A.Abdurahmonov ishtirok etib, bitiruvchilarga samimiy tabrikini yo‘lladi. Tadbir doirasida prokuror Prezidentimizning umumta’lim maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tadbirning yakunlanish qismida, ziyolilar va jamoatchilik vakillari so‘zga chiqib, bitiruvchi o‘quvchilarga samimiy tilaklar, ilhom va ishonch bilan to‘la “oq yo‘l” degan duoni izhor etdilar. Maktab hovlisida yangragan so‘ngi qo‘ng‘iroq sadosi esa yuraklarga muhabbat, kelajak umid tuyg‘ularini bag‘ishladi.
O'zbekcha
Русский
English