SOLIQ TUSHUMLARI MUHOKAMA QILINDI
Yunusobod tuman hokimligida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda shahar prokuraturasi mas’ullari ishtirokida tuman soliq inspeksiyasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mas’ullar tomonidan tumandagi har bir savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yekti o‘rganilib, noqonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini qonuniylashtirish bo‘yicha soliq xodimlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad byudjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma’murchiligi samaradorligini oshirish, mahallabay ishlash tizimini takomillashtirish, yashirin iqtisodiyotning oldini olish hamda tadbirkorlarga amaliy ko‘mak berishdan iborat.
O'zbekcha
Русский
English