SOGʻLOM TURMUSH TARZI TARGʻIB QILINMOQDА

07.02.2025 / 175

Yunusobod tumani hokimligi hamda tuman IIO FMB tomonidan Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1 sonli "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi" qarori ijrosini ta’minlash maqsadida izchil tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan Yunusobod tumani "Yo‘l ariq" mahallasida joylashgan 271-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida yomon illatlar, giyohvandlik va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanishi,uni iste’mol qilish oqibatida kelib chiqadigan muammolar xususida tushunchalar berildi.

Uchrashuv so‘nggida ota-onalar va o‘quvchi yoshlarga sog‘lom turmush tarziga amal qilish yuzasidan ma’lumotlar jamlanmasi, bukletlar tarqatildi.

Powered by GSpeech