"Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" yurish marafoni bo‘lib o‘tdi
Bugun erta tongda Sayilgoh ko‘chasida "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida yurish marafoni tashkil etildi. Tadbirda Toshkent shahar sport boshqarmasi mas’ullari, Yunusobod tumani hokim o‘rinbosari J.Nabiyev, hokimlik mutasaddilar, sport ta’lim muassasalari direktorlari, nuroniy otaxon va onaxonlar, hamda yoshlar ishtirok etdilar.
Marafon doirasida barcha ishtirokchilar badantarbiya mashqlarini bajarib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga hissa qo‘shdilar. Shuningdek, tadbir davomida sport mutaxassislari tomonidan to‘g‘ri yurish texnikasi, sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik haqida tavsiyalar berildi.
Yurishni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Marafon ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarga iliq taassurot qoldirdi.
O'zbekcha
Русский
English