SOGʻLOM HAYOT UCHUN 5000 QADAM

22.02.2025 / 161

SOGʻLOM HAYOT UCHUN 5000 QADAM

Bugun erta tongdan Yunusobod tumanidagi  "Botanika bog‘i"da Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Tuman tibbiyot birlashmasi, Yunusobod tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorlikda "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida o‘ziga xos yurish, badantarbiya mashg‘ulotlari va sport musobaqalari o‘tkazildi. Sport tadbirini Sog‘liqni saqlash vaziri A.A.Xudoyarov  ochib berdi.

Tadbirda  Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, aholining turli qatlami, xususan, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish  tizimini yo‘lga qo‘yish, mahallalardan tortib, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini oshirish, uning faoliyatini samarali tashkil etish tizimini shakllantirish vazifasi belgilab berilganligi qayd etildi.

Yunusobod tumanida aholi orasida sog‘lom turmush tarzini tadbiq etish, jismoniy faollik va ular o‘rtasida yurishni targ‘ib qilish maqsadida 64 ta mahallada “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazib kelayotganligi ham aytib o‘tildi.

Sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga qaratilgan tadbirda  200 dan ortiq  faol xotin-qizlari ishtirok etdi.

Powered by GSpeech