"SOBIROBOD" MFY: OBODONLАSHTIRISH BOʻYICHА VАZIFАLАR BERILDI
Bugun ertalab 08:00 da Yunusobod tumani hokimi oʻrinbosari D.Yusupov "Sobirobod" MFYda “Mahalla yettiligi” bilan uchrashib, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan yoʻriqnoma oʼtkazdi. Unda mahalla hududida kunlik obodonlashtirish ishlarini tashkil qilish, markaziy koʻchalar, hiyobonlar, aholi gavjum joylar atrofini maishiy chiqindilardan tozalash, ariq-zovurlar, koʻcha boʻylarida yigʻilib qolgan chiqindilarni texnikalarda oʻz vaqtida olib tashlash, sanitar holatni taʼminlash yuzasidan ishlarni jadallashtirish yuzasidan topshiriqlar berilib, masʼullar biriktirildi.
Bundan tashqari kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish, mahalladagi irrigatsiya tarmoqlari, transformator punktlari, havo kabellari, tabiiy gaz tarmoqlarini taʼmirlash, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlarga alohida eʼtibor qaratish zarurligini qayd etdi.
Hokim oʻrinbosari, “Mahalla yettiligi” bilan aholi hordiq chiqarish maskanlarini tartibga keltirish, ariq va zovurlar, irrigatsiya tarmoqlarini taʼmirlash va maishiy chiqindilardan tozalash, noqonuniy qurilmalarni bartaraf qilish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarni muhokama qilib, koʻrsatmalar berildi.
D.Yusupov, har bir berilgan topshiriq ijrosini taʼminlashga masʼuliyat bilan yondashish boʻyicha vazifalar yuklab, ijrosini nazoratiga olindi.
O'zbekcha
Русский
English