SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
22.01.2025
/
177
Savol: O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar e’tirof etilishining asosiy shartlari qanday?
Javob: O‘RQ 937-sonli Qonuniga ko‘ra, huquqlarni e’tirof etishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
yer uchastkasi boshqa shaxsga ajratilmaganligi yoki ausionga chiqarilmaganligi;
yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;
har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investisiya majburiyati bajarilganligi, shirkat a’zosi hisoblanishi va boshqalar);
yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;
muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganlgi;
bosh reja talablariga zid emasligi.
O'zbekcha
Русский
English