"Shoshtepa" mahallasida kam ta’minlangan oilalar bolajonlari uchun bayram tashkil etildi
29.12.2024
/
156
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Yem Aleksandr Vissarionovich tashabbusi bilan, partiyaning Yunusobod tuman Kengashi faollari Li Olesiya va Nargiza Sattarova hamkorligida, deputat saylangan hududda joylashgan "Shoshtepa" mahallasida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalar bolajonlari uchun Yangi yil bayrami tashkil etildi.
Tadbirga Qorbobo va Qorqizning kirib kelishi bolajonlarda katta qiziqish va quvonch uyg‘otdi. Bayram davomida bolalarga shirinliklarga to‘la sovg‘alar ulashildi, bu esa ularga olam-olam xursandchilik baxsh etdi.
Bunday bayram tadbirlari mahalla aholisi, xususan, bolajonlar uchun quvonchli damlar yaratish va ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
O'zbekcha
Русский
English