"Shijoat va g‘ayrat" harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2025-yil 14-fevraldagi "Yoshlar bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi ta’minlanmoqda.Ushbu qaror doirasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy xizmatga qiziqishlarini oshirish, ular o‘rtasida harbiy va ommaviy sport turlarini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida Yunusobod tumani 122-umumta’lim maktab hududida mahalla yoshlari o‘rtasida "Shijoat va g‘ayrat" harbiy-sport musobaqasi mahalla bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqada Sharq haqiqati, Sobirobot, Xalqabog‘, Islomobod,Yo‘layriq, Mingchinor, Barhayot, Astrobod, Bog‘ieram, Nurmakon mahallalaridagi
18-yoshdan 22-yoshgacha bo‘lgan
yoshlari ishtirok etdidi.
Musobaqa 6 ta shartdan iborat bo‘lib: turnikda tortilish, press mashqlari, o‘quv granatasini uzoqlikka uloqtirish, qisqa va uzoq masofaga yugurish, AK-74 kalashnikov avtomatini to‘liq va noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, merganlar bellashuvi shartlarini bajardilar.
Gʻolib va sovrindorlar tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Ushbu musobaqalar jadval asosida joylarda tashkil etilmoqda.
O'zbekcha
Русский
English