"Sharq haqiqati" mahallasida yangi "Mahalla yoshlar maskani" ochildi.
Yunusobod tumani "Sharq haqiqati" mahallasida yangi "Mahalla yoshlar maskani" ochildi. Ushbu zamonaviy inshoot yoshlar uchun ilm, ma’rifat va ijodiyot maskani bo‘lib xizmat qiladi.
Maskanda yoshlar uchun quyidagi yo‘nalishlarda sharoitlar yaratilgan:
• "Ibrat farzandlari" loyihasi: xorijiy tillarni o‘rganish va intellektual salohiyatni rivojlantirish uchun mashg‘ulotlar.
• Qizlar akademiyasi: huquqiy savodxonlik, tadbirkorlik ko‘nikmalari va jamiyatda faol ishtirok etishga yo‘naltirilgan dasturlar.
• Mutolaa xonalari: adabiyotga qiziquvchilar uchun boy kitob jamlanmalari.
•Uz Chess: mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun shaxmat mashg‘ulotlari.
Mahalla yoshlar maskani, shubhasiz, kelajak avlodning har tomonlama o‘sishi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiladi.
O'zbekcha
Русский
English