Sharq Haqiqati mahallasi: “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z”!

23.03.2025 / 175

Yunusobod tumani hokimligi tomonidan Sharq Haqiqati mahallasida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va hudud ahli faol ishtirok etdi.

Bayram jarayonida mahalla faollari sumalak tayyorlab, dildan suhbat qurildi,mehr oqibat va saxovat, o‘zaro hurmat haqida hikmatli so‘zlar aytildi. Dasturxonga bahoriy taomlar, milliy shirinliklar va hushbo‘y choy tortilib, xalqimizga xos bo‘lgan mehmondo‘stlik va bag‘rikenglik fazilatlari namoyon etildi.

Tadbirda bolajonlar ishtirokida konsert dasturi ham tashkil etildi. Ular bahor faslining kuy va qo‘shiqlariga raqsga tushib, barchani hushnud etdi. Bayram ishtirokchilari Navro‘z ayyomining ezgu tamoyillarini ulug‘lash va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash lozimligini alohida ta’kidlashdi.

Powered by GSpeech