SEMINAR TRENING O‘TKAZILDI

11.01.2025 / 142

 Yunusobod tumanidagi 43 ta umumta’lim maktablarida “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik sodir etishga moyilligi bor o‘quvchilarni barvaqt aniqlash va ularga ijtimoiy-psixologik ko‘mak ko‘rsatish” mavzusida maktab sinf rahbarlari uchun o‘quv seminarlari tashkil etildi.Seminar davomida hozirgi kunda o‘quvchi yoshlar orasida kuzatilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning ko‘payganligi to‘g‘risida gapirib o‘tildi.

Maktab va ota onalar hamda boshqa mutasaddi tashkilot hodimlari bilan hamkorlikni yanada tizimli yo‘lga qo‘yilishi zarurligi hususida ta’kidlandi.
Har bir maktablarda o‘tkazilgan seminarlar davomida maktab psixologlari tomonidan o‘quvchilarda kuzatilayotgan psixologik o‘zgarishlar xususida batafsil ma’lumotlar berilib, psixologik treninglar o‘tkazildi.

Powered by GSpeech