Seminar ishtirolchilari muammoli yo‘l qismiga borib, vaziyatni o‘rganishdi.
Bugun Toshkent shahrida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash orqali ularning daromadini oshirish” mavzusida
ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Seminar doirasida poytaxt hokimligi, respublika va shahar YHXB, "Toshkent Invest Kompaniyasi" AJ hamda Gazeta.uz nashrining vakillari Yunusobod tumanidagi muammoli yo‘l qismiga borib, vaziyatni o‘rganishdi.
Ko‘rik chog‘ida xavfli hudud sinchiklab tekshirilib, mumkin bo‘lgan yechimlar va ularni amalga oshirish bosqichlari aniqlandi. Piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida chaqiruv svetoforlarini o‘rnatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Joyga chiqqandan so‘ng, ishlar tezkor va muvofiqlashtirilgan tarzda boshlandi. Jarayonga obodonlashtirish boshqarmasi va YHXB xodimlari jalb etildi. Yaqin kunlarda yakuniy qaror taqdim etilib, joriy etiladi.
O'zbekcha
Русский
English