SEKTOR RAHBARLARI AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA

23.11.2024 / 246

Yunusobod tuman prokurori 2-sektor rahbari Ya.A.Abdurahmonov 2-sektorga biriktirilgan “Muruvvat” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat ko‘rsatayotgan “yettilik” – rais, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorlari, soliq xodimi, ijtimoiy xodim, hamda mahalla aholisi bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida aholi salomatligi, mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish holati, xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiyani tashkil qilish, bo‘yicha mahalla aholisiga tushuntirish ishlari olib borish hamda mahallalarda ijtimoiy muammolarni hal etish va obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar o‘rganildi. Shuningdek, tegishli masullarga mahalladagi ko‘p qavatli uylar holatini yaxshilash va hududda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Powered by GSpeech