SAYYOR SUD O‘TKAZILDI

07.03.2025 / 176

Yunusobod tumanida PK-1 qaroriga asosan Yunusobod tumani IIO FMB Probatsiya bo‘limi hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslar ishtirokida sayyor sud majlisi tashkil etildi.

Ushbu sayyor sud jarayoni Yunusobod tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi bilan hamkorlikda o‘tkazilib, jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan, 10 nafar nazorat ostidagi shaxslar muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.

Sud muhokamasi davomida mahkumlar tomonidan jazoni o‘tash davridagi xulq-atvori, qayta tarbiyalanish jarayoni va jinoyat sodir etganlik uchun pushaymonligi tahlil qilindi. Sud tomonidan ushbu shaxslarning tuzalish yo‘liga kirgani va jamiyatga moslashishga tayyorligi inobatga olinib, ularni ozod qilish haqida qaror qabul qilindi.

Sud majlisi yakunida probatsiya xizmati xodimlari hamda sud va huquq-tartibot organlari vakillari tomonidan ozod etilgan shaxslarga kelgusi hayotlarida qonunlarga rioya qilish, ijtimoiy moslashish va jamiyatda munosib o‘rin egallash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Powered by GSpeech