SAYYOR SUD MAJLISI O‘TKAZILDI

04.10.2024 / 352

  Yunusobod tumanida joylashgan oliy ta’lim muassasasida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Unda tumanda istiqomat qilayotgan bir guruh yoshlar tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqildi.
  Sayyor sudda Yunusobod tumanida IIO FMB xodimlari, sudiyalar, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar ishtirok etdi. Dastlab, ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan holat yuzasidan ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, Joriy yilning yil 25 sentyabr Yunusobod tumani IIFMB xodimlari tomonidan tumandagi 13-mavze, 57-uy yaqinida istiqomat qilib kelayotgan Turgunov Rustambek Dilshod o‘g‘li 2 nafar xolislar ishtirokida shaxsiy tintuvdan o‘tkazilganda, uning kiyimidan tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
   2024 yilning 2 oktyabr sanasida Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi tomonidan ushbu masala ko‘rib chiqilib, Turgunov Rustambek Dilshod o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 56-moddada ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 56-moddasi bilan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Sayyor sud majlisida yana bir shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik qo‘llanilganligi o‘qib eshittirildi. Gap shundaki, Yunusobod tumanidagi 4-mavzeda joylashgan 302-maktab oldida Yunusobod tuman IIO FMB hodimlari tomonidan Rasulov Samandar Shorasul o‘g‘li to‘xtatilib tekshirilganda, shimini orqa cho‘ntagida “Orbit” yozuvli qog‘ozga o‘ralgan jigar rangdagi saqichsimon moddani o‘z iste’moli uchun sotib olib, saqlab kelganligi aniqlangan.
  Sudga oid kimyoviy ekspertizaning 2024 yil 27 sentyabrdagi 3789-sonli xulosasiga ko‘ra, S.Rasulovdan olingan “Orbit” yozuvli qog‘ozga o‘ralgan modda “Gashish” giyohvandlik vositasi bo‘lib, og‘irligi 0,12 grammni tashkil etishi aniqlangan.
2024 yilning 2 oktyabr sanasida Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi raisining o‘rinbosari F.Ismailova tomonidan ko‘rib chiqilib, S.Rasulov O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 56-moddasida ko‘rsatilgan xuquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga shu modda bilan 10 (o‘n) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
   Sayyor sud majlisidagi keyingi huquqburlikni sodir etgan shaxs haqida ma’lumot o‘qib eshittirildi. Qayd etilganidek, joriy yilning 26 sentyabr kuni Toshkent shahar, Yunusobod tumani IIO FMB PPX xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida joylashgan A.Temur ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Shavkatov Farrux Ibrohim o‘g‘li shubhali ko‘ringanligi sababli, to‘xtatilib xolislar ishtirokida tekshirilgan. Uning yonidan 2.000 so‘mlik kupyurga o‘ralgan o‘tkir xidli, o‘simliksimon modda borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

   Toshkent shahar IIBB EKMning 27.09.2024 yildagi №3786-sonli xulosasiga ko‘ra, F.Shavkatovdan olingan jigar rangli o‘tkir xidli saqichsimon modda “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi, umumiy vazni 0,28 grammga tengligi aniqlangan.
  2024 yilning 2 oktyabr sanasida Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi sudyasi J.Xojimurodov raisligida ko‘rib chiqilib, Shavkatov Farrux Ibroxim o‘g‘li, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 56-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topildi va unga nisbatan 10 (o‘n) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

 2024 yil 12 sentyabr kuni soat 23:00 larda Yunusobod tumani 11-mavzeda joylashgan “MAJOR” nomli kompyuter o‘yingohida Jumaboyev Sherzod Tuliboy o‘g‘li shubhali ko‘ringani sababli IIO xodimlari tomonidan tekshirilganda, uning yonidan o‘tkir hidli siqichsimon modda borligi aniqlanib, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.Toshkent shahar IIBB ekspert-kriminalistika markazi xulosasiga ko‘ra, jigar rangli o‘tkir hidli o‘simliksimon modda tarkibida “GASHISH” moddasi aniqlanganligi ko‘rsatilgan. 

  2024 yilning 2 oktyabr sanasida Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi sudyasi U.Musayev tomonidan ko‘rib chiqilib, Jumaboyev Sherzod Tuliboy o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 56-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 56- moddasi bilan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
  Sayyor sud majlisi yakunida, yig‘ilganlarga yoshlar va aholisi o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, sud huquq sohasiga kiritilgan o‘zgartirishlar, korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish borasida tegishli tushuntirishlar ham berib o‘tildi.

Powered by GSpeech