Sayyor sud
Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari bilan Payshanba – profilaktika kuni munosabati bilan umumiy yo‘riqnoma o‘tkazildi. Shundan so‘ng Probatsiya bo‘limi hisobida turib, tuzalish yo‘liga o‘tgan mahkumlarni jazodan ozod qilish hamda jazoni yengilroq turiga o‘zgartirish masalalari yuzasidan Arxitektura universiteti binosida Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan sayyor sud va targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida namunaviy tarzda jazo o‘tab kelayotgan, ahloqan tuzalish yo‘liga o‘tgan va sodir etgan qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan mahkumlar O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan o‘talmagan jazo muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish bo‘yicha Probatsiya bo‘limining taqdimnomasi ko‘rib chiqilib, sud tomonidan qanoatlantirildi.
O'zbekcha
Русский
English