SAYYOR QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARIGA YЕCHIM TOPILDI
Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev tomonidan muntazam sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi qabul Prezident Xalq qabulxonasi rahbarining birinchi o‘rinbosari U.S.Ismailov, tuman hokimi B.A.Abduvaliyev, Toshkent shahar Xalq qabulxonasi rahbari T.O.Mullajonov hamda sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazildi.
Qabulga kelgan jami 64 nafar fuqarolarning aksariyat qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining olib borayotgan siyosatidan minnatdorligini, mehnat va bandlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, yer, mulk, sud-huquq, tadbirkorlik, kredit olish, uy-joy,kadastr bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.
Murojaatchilarning 38 nafari Yunusobod tumanida yashovchi, qolgan 26 nafari viloyatlar va Toshkent shahrining boshqa tumanlarida istiqomat qilayotgan fuqarolardir.
Masalan, “Otchopar-1” MFY, Chinobod ko‘chasi 48-uyda yashovchi fuqaro Nafisa Alimova ishga joylashish masalasida murojaat qildi. ????Uning masalasi joyida ko‘rib chiqilib, “Toshkent lak-buyoq” korxonasiga hamshira lavozimiga ishga joylashtirildi. “Posira” 5a-uy, 20-xonadonda yashovchi fuqaro Dilnoza Baymetovaga, yashash xonadoni uchun order berildi.
Qabulda “Billur” MFY, 4-mavze, 74-uy 30-xonadonda yashovchi fuqaro Gulchehra Nazarova, ancha yillardan buyon nogiron bo‘lgan farzandiga 5 mln so‘m moddiy yordam ajratib berildi. Ushbu mahalladagi 1-uy 82-xonadonda yashovchi fuqaro Mushtariy Mo‘minova, davolanishi uchun ko‘mak so‘radi. U og‘ir xasta, yillar mobaynida jigar sirrozi kasalligi bilan kurashib kelmoqda. M.Mo‘minovaning murojaati o‘rganilib, davolanishi uchun 20 mln so‘m moddiy yordam berildi.
Sayyor qabul mobaynida fuqarolarning 25 ta muammolari shu kunning o‘zida ijobiy hal etilishi ta’minlandi. 18 nafar fuqarolarga qabulda huquqiy tushuntirish berildi, qolgan 21 nafar murojaatchilarning masalasi qisqa muddatda hal etish bo‘yicha alohida nazoratga olinib, mutassadilarga topshiriq berildi.
O'zbekcha
Русский
English