SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

26.01.2025 / 207

Yunusobod tumani hokimi shtabida sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari hamda mahallalarda istiqomat qilayotgan fuqarolar ishtirok etdi.

 Qabul davomida  fuqarolardan ishga joylashish, mulk huquqi, uy-joy, subsidiya ajratish, oilaviy tadbirkorlik va boshqa o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi. Murojaatchilarga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.

Muammolarni bartaraf etish uchun tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi. Ijrosi qat’iy nazoratga olinib, aksariyati  joyida hal etildi.

Keyingi sayyor qabullarni muntazam ravishda tashkil etish rejalashtirildi.

Powered by GSpeech