Sayyor qabul: Har bir murojaatga individual tarzda yondoshildi
Yunusobod tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimi Boxadir Abduvaliyevning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Mazkur qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflar atroflicha o‘rganilib, har bir murojaatga individual tarzda yondoshildi.
Qabul jarayonida aholining kundalik turmush sharoiti, ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy masalalari, kommunal xizmatlar, shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga doir qator muammolar muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul idora va tashkilotlar rahbarlariga murojaatlarda keltirilgan masalalar bo‘yicha aniq vazifalar yuklandi hamda ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Qabulga tashrif buyurgan fuqarolar har bir murojaat e’tibor bilan ko‘rib chiqilayotgani, ochiq muloqot va jonli eshitish tamoyillarining amalda ta’minlanayotganini alohida ta’kidlab, bildirgan fikr-mulohazalaridan mamnunligini bildirdi.
O'zbekcha
Русский
English